Kirish Ro'yxatdan o'tish

Xvicha Ukraina bilan o‘yindan so‘ng muxlislardan uzr so‘radi

Xvicha Ukraina bilan o‘yindan so‘ng muxlislardan uzr so‘radi

Baho:
+ | -

Gruziya terma jamoasi hujumkor yarim himoyachisi Xvicha Kvarasxeliya Millatlar ligasi guruh bosqichida Ukrainaga qarshi uy uchrashuvidan so‘ng muxlislarga murojaat qildi. Bahs 0:0 hisobida yakunlandi.

"Ikki o‘yinda muxlislarimizga g‘alaba taqdim eta olmaganimiz uchun ulardan uzr so‘ramoqchiman. Jamoa ularning qo‘llab-quvvatlashini doimo his qiladi. Ular har doim biz bilan.

Keyingi o‘yinlarda ularni xursand qilishga harakat qilamiz. Jamoa o‘z oldiga qo‘yilgan maqsadga erishishni istaydi", — deya yulduz futbolchining so‘zlarini CrystalSport keltiradi.

Gruziya terma jamoasi ikki o‘yindan keyin 1 ochko bilan guruhda uchinchi o‘rinni egallab turibdi.

Jamoa navbatdagi uchrashuvini safarda Vengriyaga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: 11:28, 29.09.2026.
O'qildi: 619 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик