Millatlar ligasi guruh bosqichida Gruziya terma jamoasi o‘z maydonida Ukraina bilan 0:0 hisobida durang o‘ynadi. Uchrashuvdan so‘ng mezbonlar yulduzi Xvicha Kvarasxeliya natija haqida fikr bildirdi.
"Birinchi bo‘limda o‘zimizni yaxshi ko‘rsatdik. Bizda ustunlik bor edi va gol urishimiz kerak edi. Ikkinchi bo‘limda raqib o‘z o‘yinini o‘zgartirdi.
Ularda juda kuchli jamoa bor. Ukraina Yevropaning eng kuchli terma jamoalaridan biri.
O‘tgan o‘yinni ijobiy baholayman, garchi g‘alaba qozonish yaxshiroq bo‘lardi. Endi keyingi uchrashuvga tayyorgarlik ko‘ramiz", — deya futbolchining so‘zlarini CrystalSport keltiradi.
Gruziya terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini 2 oktyabr kuni safarda Vengriyaga qarshi o‘tkazadi.













