Kirish Ro'yxatdan o'tish

APLning sobiq top-menejeri «Manchester Siti» uchun ehtimoliy jazoni ochiqladi

APLning sobiq top-menejeri «Manchester Siti» uchun ehtimoliy jazoni ochiqladi

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-ligasi tomonidan 114 ta moliyaviy qoidabuzarlikda ayblanayotgan «Manchester Siti»ga tahdid solayotgan mumkin bo‘lgan sanksiyalarning yana bir varianti ma’lum bo‘ldi. The Athletic nashri APLning ismi oshkor qilinmagan sobiq top-menejeri bilan bo‘lgan shaxsiy suhbatga tayanib xabar berishicha, klubdan uch yildan besh yilgacha bo‘lgan muddat davomida 20 ochkodan 25 ochkogacha olib tashlanishi mumkin.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, g‘oya klubni elit diviziondan chiqarib yuborish emas, balki uni turnir jadvalining o‘rtasidagi «o‘lik zona»da ushlab turish va shu orqali Yevropa musobaqalarida ishtirok etishdan keladigan daromadlardan mahrum qilishdan iborat. Oldinroq eng yomon ssenariyda «Siti» professional futboldan chetlatilishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.

Kiritildi: 14:36, 29.09.2026.
O'qildi: 809 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик