Kirish Ro'yxatdan o'tish

Diyora Keldiyorova katta tanaffusdan so‘ng tatamiga qaytadi

Diyora Keldiyorova katta tanaffusdan so‘ng tatamiga qaytadi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston dzyudosining yetakchi vakillaridan biri Diyora Keldiyorova katta tanaffusdan keyin yana rasmiy musobaqada ishtirok etadi.

Parij-2024 Olimpiadasi chempioni 17–18 oktyabr kunlari Qozog‘istonning Aktau shahrida tashkil etiladigan Aktau Asian Open 2026 turnirida tatamiga chiqadi.

Keldiyorova o‘zi uchun odatiy bo‘lgan 52 kg vazn toifasida bellashadi.

Mazkur musobaqa sportchining Parij Olimpiadasidan keyingi ilk rasmiy starti bo‘lishi bilan ahamiyatli. Shuningdek, Diyora farzandli bo‘lganidan so‘ng ham birinchi bor yirik turnirda ishtirok etadi.

Eslatib o‘tamiz, Keldiyorova Olimpiada chempioni bo‘lish bilan birga, Jahon chempionatlarida ham ikki bor sovrindorlar qatoridan joy olgan.

Kiritildi: 16:00, 29.09.2026.
O'qildi: 760 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик