Kirish Ro'yxatdan o'tish

Ramon «Real»ga qaytish ehtimoli haqida fikr bildirdi

Ramon «Real»ga qaytish ehtimoli haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -

Qisqa vaqt ichida A Seriyaning eng yaxshi markaziy himoyachilaridan biriga aylangan «Komo» futbolchisi Xakobo Ramon «Real» uni kelajakda qaytarib olish imkonini beruvchi maxsus bandga ega ekani haqida fikr bildirdi.

21 yoshli ispaniyalik futbolchi hozircha faqat «Komo»da muvaffaqiyat qozonishga e’tibor qaratayotganini aytdi. Shuningdek, u o‘tgan yili Madriddan Italiyaga ko‘chib o‘tishini faoliyatidagi eng yaxshi qaror deb atadi.

«Faqat bitta narsani aniq ayta olaman: men «Komo»da juda baxtliman.

Mavsum endigina boshlandi va men boshqa hech narsa haqida o‘ylamayapman. Biz ajoyib mavsum o‘tkazishimiz kerak, xolos.

Bu qaror mening fikrlash tarzimni o‘zgartirdi. Men doim Madridda, ota-onam bilan birga yashaganman. Qulaylik zonamdan chiqishimga to‘g‘ri keldi va bu menga foyda berdi. Men ulg‘aydim va kundalik hayotimning ayrim jihatlarini o‘zgartirdim. Hozir o‘zimni juda yaxshi his qilyapman», — dedi Ramon.

Xabarlarga ko‘ra, «Real» Ramonning Italiyadagi rivojlanishidan mamnun va kelasi yozda uni qaytarib olish bandini faollashtirishni rejalashtirmoqda.

Kiritildi: 16:02, 29.09.2026.
O'qildi: 757 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик