Kirish Ro'yxatdan o'tish

Tebas: «Manchester Siti» uchun jazo og‘ir bo‘lishi kerak»

Tebas: «Manchester Siti» uchun jazo og‘ir bo‘lishi kerak»

Baho:
+ | -

La Liga prezidenti Xavyer Tebas «Manchester Siti» haqida o‘z fikrini bildirdi. Klub ko‘plab moliyaviy qoidabuzarliklarda aybdor deb topildi.

«Bu juda jiddiy masala. Jazo faqat saboq bo‘lishi uchun emas, balki qoidalar haqiqatan ham buzilgani uchun ham og‘ir bo‘lishi kerak.

Biz barcha turnirlarda futbolni barqaror va adolatli qilishga intilamiz. Yuz bergan voqea juda katta ahamiyatga ega va u faqat Premyer-liga uchun emas, balki umumiy tub burilish nuqtasi bo‘lishiga umid qilamiz. "Manchester Siti" ishi butun Yevropa uchun, ayniqsa moliyaviy nayranglar kontekstida o‘z ta’siriga ega. Jazo boshqalarni bu yo‘ldan qaytaruvchi omil bo‘lishi lozim», - deya Tebasning so‘zlarini keltiradi Goal portali.

«Manchester Siti» uchun jazo hali belgilanmagan. Klubdagilar o‘zlarini aybdor deb hisoblashmayapti, shu sababli qaror ustidan shikoyat qilish niyatida.

Kiritildi: 18:07, 29.09.2026.
O'qildi: 534 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик