«Manchester Yunayted» vinger Amad Dialloning xalqaro tanaffusdan keyin «Tottenxem»ga qarshi o‘yinda joriy mavsumda ilk bor maydonga tushishiga umid qilmoqda.
24 yoshli futbolchi mavsumning ilk turida «Xall Siti»ga qarshi mag‘lubiyatdan keyin kichik jarohat sabab safdan chiqqan edi.
Amad 20 sentyabr kuni «Fulxem»ga qarshi o‘yinda qatnashish uchun hali yetarlicha tayyor emasdi. Biroq u may oyida «Nottingem Forest»ga qarshi «Old Trafford»dagi so‘nggi o‘yinidan surat joylab, unga sabrsizlikni ifodalovchi emodzi va qumsoat belgisini qo‘shdi. Bu esa uning tez orada safga qaytishi haqidagi umidlarni oshirdi.
Kot-d’Ivuar terma jamoasi Jahon chempionatining pley-off bosqichiga chiqqanidan keyin Amad «Yunayted»ning mavsumoldi 6 ta uchrashuvidan 4 tasida ishtirok etgan.
Uning qaytishi «Manchester Yunayted» uchun ayni muddao bo‘lishi mumkin, chunki jamoada jarohatlar bilan bog‘liq muammolar ko‘p.
Benyamin Sheshko ham tovon qismidagi muammo sabab hozircha safdan chiqqan. Uning «Tottenxem»ga qarshi bahsga tayyor bo‘lishi yoki bo‘lmasligi noma’lum.
Markus Reshford ham davolanmoqda va u joriy mavsumda hali gol urgani yo‘q. Shu sababli «Yunayted»ning hujum chizig‘ida tanlov cheklangan.
Qiyin boshlangan mavsumda Sheshko, Brayan Mbeumo va Mateus Kunya hozircha ikki tadan gol urgan.













