Taniqli sobiq futbolchi Alberto Jilardino «Parma» bosh murabbiyi etib tayinlandi. 44 yoshli mutaxassisning tayinlovi haqida klub rasmiy sayti xabar berdi.
Jilardino «Parma» bilan 2026/27 mavsumi oxiriga qadar amal qiladigan shartnoma imzoladi. Kelishuvda uni yana ikki mavsumga uzaytirish imkoniyati ham mavjud.
Alberto Jilardino 2002-2005 yillarda «Parma» safida futbolchi sifatida to‘p tepgan. U klub tarkibida 116 ta uchrashuv o‘tkazib, 56 ta gol urgan va shundan so‘ng «Milan»ga o‘tgan.
Bir necha kun avval «Parma» bosh murabbiyi lavozimini Karlos Kuesta tark etgan edi.
Ayni paytda jamoa A Seriya turnir jadvalida 15-o‘rinni egallab turibdi.













