Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kambyaso "Yuventus"ning umumiy mashg‘ulotlariga qaytdi

Kambyaso "Yuventus"ning umumiy mashg‘ulotlariga qaytdi

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

"Yuventus" Italiya chempionatidagi navbatdagi uchrashuvga tayyorgarlik doirasida o‘z bazasida mashg‘ulot o‘tkazdi. Bu haqda Goal xabar bermoqda.

Klub uchun yaxshi xabar Andrea Kambyasoning safga qaytishi bo‘ldi. Himoyachi umumiy guruhda mashg‘ulot o‘tkazdi va, ko‘rinishidan, jarohatidan to‘liq tiklangan.

Futbolchi to‘pig‘idan olgan jarohati sabab taxminan bir oy maydonga tushmagan edi.

Mashg‘ulotda 17 yoshli Davide Markizio — "Yuventus"ning sobiq yarim himoyachisi Klaudio Markizioning o‘g‘li ham ishtirok etdi. Yaqinda Davide Turin klubi bilan 2028 yilgacha amal qiladigan ilk professional shartnomasini imzolagan.

Juma kuni "Yuventus" "Kremoneze"ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. 11 oktyabr kuni esa turinliklar A Seriya doirasida "Kalyari" bilan bahs olib boradi.

Kiritildi: 21:44, 29.09.2026.
O'qildi: 468 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик