"Manchester Siti" matbuot xizmati Angliya Premyer-ligasining mustaqil komissiya klubni moliyaviy qoidalarni buzganlikda aybdor deb topgani haqidagi bayonotiga munosabat bildirdi.
Klub rasmiy saytidagi xabarda "shaharliklar" komissiya xulosasidan hayratda va norozi ekani aytilgan.
"Klub Premyer-liga tomonidan qo‘yilgan ayblovlarni rad etadi. Ushbu ish bo‘yicha klubning barcha pozisiyalarini qo‘llab-quvvatlaydigan katta hajmdagi rad etib bo‘lmaydigan dalillar mavjud.
Shu sababli klub barcha tegishli tartibga soluvchi va huquqiy maydonlarda izchil va zarur holatlarda faol harakat qiladi", — deyiladi "Siti" bayonotida.
Shuningdek, APL jarayoni hali davom etayotgani va klub o‘zi uchun mavjud bo‘lgan barcha apellyasiya imkoniyatlaridan foydalanishi qayd etilgan.
"Manchester Siti" mustaqil komissiya xulosalari ustidan 2 oktyabrga qadar shikoyat qilishi mumkin.













