Misr terma jamoasi bosh murabbiyi Husam Hassan Muhammad Salohning Janubiy Sudanga qarshi o‘yin qaydnomasida bo‘lmagani haqida fikr bildirdi.
Misr Afrika kubogi saralashi doirasidagi uchrashuvda 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.
"Saloh shaxsiy sabablarga ko‘ra o‘yinni o‘tkazib yubordi. U biz uchun juda muhim futbolchi, ammo Misr terma jamoasi bir futbolchiga bog‘liq emas.
Barcha futbolchilar muhim. 120 million aholiga ega mamlakatning bir futbolchiga qarab qolishi mumkin emas", — dedi Hassan matbuot anjumanida.
Avvalroq Misr futbol assosiasiyasi Saloh sun’iy qoplamali maydon sabab uchrashuvda ishtirok etmasligini ma’lum qilgan edi.













