Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

«Frayburg» hujumchisiga ingliz klublari xaridor

«Frayburg» hujumchisiga ingliz klublari xaridor

Baho:
+ | -

«Frayburg» hujumchisi Igor Matanovich Angliya Premyer-ligasining bir qator grandlari e’tiboriga tushdi.

Transfer News Live CaughtOffside manbasiga tayanib xabar berishicha, «Arsenal», «Manchester Yunayted» va «Chelsi» vakillari joriy mavsumda xorvatiyalik futbolchining o‘yinlarini sinchiklab kuzatmoqda. 23 yoshli Matanovichning o‘zi ham Angliyaga ko‘chib o‘tishga tayyor.

Manbaga ko‘ra, «Frayburg» hujumchining transfer qiymatini sezilarli oshirgan. Endi uni sotib olishni istagan klub taxminan 50 million funt sterling (qariyb 59 million yevro) to‘lashi kerak.

Bunga Matanovichning mavsumni yuqori saviyada boshlagani sabab bo‘lgan. U 7 ta uchrashuvda 6 ta gol va 2 ta golli uzatma qayd etdi.

Kiritildi: 09:33, 04.10.2026.
O'qildi: 592 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик