Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi 2-2 Xorazm

«Oltin to‘p» poygasida Yamal yetakchi

«Oltin to‘p» poygasida Yamal yetakchi

Baho:
+ | -

3 oktyabr, shanba kuni Angliya terma jamoasi UYEFA Millatlar ligasi guruh bosqichida Xorvatiyani 7:0 hisobida tor-mor etdi.

Jud Bellingem uchrashuv uchun mumkin bo‘lgan eng yuqori — 10 ballik baho oldi va o‘yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. U bitta gol urdi, uchta golli uzatmani amalga oshirdi hamda Angliya terma jamoasining deyarli barcha hujumlarida faol ishtirok etdi.

Shunga qaramay, ekspertlarining aksariyati 2026 yilgi «Oltin to‘p» uchun asosiy da’vogar sifatida Lamin Yamalni ko‘rsatmoqda. Uning sovrinni qo‘lga kiritish ehtimoli qariyb 44 foiz deb baholanmoqda.

Yamal ham shanba kuni Ispaniya terma jamoasi safida gol urdi. U Chexiyaga qarshi uchrashuvda raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

2026 yilgi «Oltin to‘p»ni topshirish marosimi 26 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 17:59, 04.10.2026.
O'qildi: 1182 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик