Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi 1-2 Xorazm

Zidan gol urolmayotgan Dembelening o‘yiniga baho berdi

Zidan gol urolmayotgan Dembelening o‘yiniga baho berdi

Baho:
+ | -

Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan Millatlar ligasi doirasida Belgiyaga qarshi o‘tgan uchrashuvda Usmon Dembelening o‘yiniga baho berdi.

«PSJ» hujumchisi asosiy tarkibda maydonga tushdi va 60-daqiqagacha harakat qildi. Shundan so‘ng uni Maykl Olise almashtirdi. Olise ikki gol va bitta golli uzatma qayd etib, Fransiyaning 4:1 hisobidagi irodali g‘alabasida asosiy qahramonlardan biri bo‘ldi.

«Menimcha, Dembele juda yaxshi o‘ynadi. Ayniqsa, uchrashuv boshida va ikkinchi bo‘limning dastlabki daqiqalarida u juda faol harakat qildi. Hech qanday muammo yo‘q», — dedi Zidan o‘yindan keyin jurnalistlar bilan suhbatda.

Usmon Dembele klub va terma jamoa safidagi so‘nggi oltita uchrashuvda gol ura olmayapti.

Kiritildi: 05:25, 06.10.2026.
O'qildi: 580 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик