Transfermarkt portali Ispaniya La Ligasida to‘p surayotgan ayrim futbolchilarning bozor qiymatini yangiladi. «Real» hujumchisi Vinisius Junior eng ko‘p arzonlashgan futbolchilar qatoriga kirdi — uning taxminiy qiymati 140 million yevrodan 130 million yevroga tushdi.
Shu tariqa, braziliyalik futbolchining bozor qiymati pasayishda davom etmoqda. 2024–2025 yillarda Vinisiusning narxi eng yuqori nuqtada 200 million yevroga baholangan edi.
Shundan keyin uning qiymati bosqichma-bosqich 170 million, 150 million, 140 million va endi 130 million yevrogacha pasaydi.
Demak, Vinisiusning bozor qiymati eng yuqori ko‘rsatkichga nisbatan jami 70 million yevroga kamaygan.
Vinisius Junior 2026/2027 yilgi mavsumni hozircha kutilgan darajada o‘tkaza olmayapti.













