«Liverpul»ning sobiq himoyachisi Jeymi Karrager joriy mavsumda «Manchester Siti» Angliya Premyer-ligasida chempionlik uchun kurasha olmasligi uchun klubga nisbatan sanksiyalarni zudlik bilan joriy etishga chaqirdi. Avvalroq mustaqil komissiya «shaharliklar» APL moliyaviy qoidalarini buzganini tan olgan edi.
«Endi ularning aybdor deb topilganini bilamiz. Ha, apellyasiya berildi, ammo shunchalik jiddiy dastlabki qaror chiqarilganidan keyin, hech kim kutishni istamasa kerak. Masalani shu mavsumda hal qilish kerak, chunki “Man Siti” uchun oqibatlar allaqachon keyingi mavsumda yuzaga kelishi lozim.
Agar “Man Siti” sodir bo‘lgan barcha voqealarni bila turib chempionlikni qo‘lga kiritsa, chempionlik unvoni ham, Premyer-liganing bu mavsumi ham soxtadek ko‘rinadi. Shuning uchun choralarni shu mavsumda ko‘rish kerak. Jazo qanday bo‘lishidan qat’i nazar, u faqat bir mavsum bilan cheklanishi mumkin, deb o‘ylamayman. Chunki qoidabuzarliklar yillar davomida sodir etilgan, demak, sanksiyalar ham uzoq yillar amal qilishi kerak», — deya Karragerning so‘zlarini Sky Sports keltiradi.













