Madridning «Real» klubi matbuot xizmati «Katta dubulg‘a» turnirlarining yetti karra chempioni, jahonning uchinchi raqami Karlos Alkarasning Yaponiyaning Tokio shahrida o‘tkazilgan ATP-500 turniridagi g‘alabasiga munosabat bildirdi. Ispaniyalik tennischi finalda Chexiya vakili Irji Legechkani 7:6, 6:4 hisobida mag‘lub etdi.
«Karlos Alkaras, Yaponiyadagi turnirdagi ikkinchi tituling bilan tabriklaymiz. Barcha madridliklar navbatdagi g‘alabang bilan juda faxrlanadi. 27 ta titul! Barakalla, chempion!» — deyiladi Madridning «Real» klubi matbuot xizmatining Alkarasga X ijtimoiy tarmog‘idagi murojaatida.
Karlos Alkaras Tokioda chempionlik unvonini himoya qildi. O‘tgan yilgi finalda u amerikalik Teylor Frisni mag‘lub etgan edi. Tokio-2026 turnirida ispaniyalik tennischi faoliyatidagi 27-titulni va mavsumdagi uchinchi sovrinini qo‘lga kiritdi.













