Bugun, 6 oktyabr kuni Millatlar ligasi "A" ligasi guruh bosqichi 4-turidan o‘rin olgan Angliya va Chexiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
Bahs London shahridagi "Uembli" stadionida o‘tkaziladi. Bosh hakamning start hushtagi Toshkent vaqti bilan soat 23:45 da chalinadi.
Jamoalarning asosiy tarkiblari ma’lum bo‘ldi.
Angliya: Pikford, Aleksander-Arnold, Kuansa, Gexi, Xoll, Anderson, Bellingem, Lyuis-Skelli, Eze, Rodjers, Keyn.
Chexiya: Gornichek, Slama, Granach, Vitik, Soufal, Sadilek, Kral, Shuls, Lingr, Ambros, Naderi.
Guruh bosqichining navbatdagi turida Angliya 12 noyabr kuni Xorvatiyaga qarshi maydonga tushadi. Chexiya esa xuddi shu kuni Ispaniya bilan bahs olib boradi.
Millatlar ligasining amaldagi g‘olibi Portugaliya terma jamoasi hisoblanadi. O‘tgan mavsum finalida portugaliyaliklar Ispaniyani asosiy va qo‘shimcha vaqtdagi 2:2 hisobidan so‘ng penaltilar seriyasida 5:3 hisobida mag‘lub etgan.













