"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Brunu Fernandesh Ispaniya chempionatiga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqda CaughtOffside xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, portugaliyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish uchun Madridning "Atletiko" klubi ham kurashga qo‘shilgan. "Matraschilar" yarim himoyachini kelasi yozda transfer qilishni rejalashtirmoqda.
Shu bilan birga, Fernandeshning "Manchester Yunayted" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil 30 iyunga qadar mo‘ljallangan.
Agar tomonlar shartnomani uzaytirmasa, "Atletiko" portugaliyalik futbolchini erkin agent sifatida tekinga o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin.













