Myunxenning «Bavariya» klubi «Barselona» va Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Dani Olmoni 80 million yevro evaziga sotib olishga tayyor. Bu haqda El Nacional xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, agar «Barselona» Joau Felishni jamoaga qaytarsa va Olmo asosiy tarkibda kamroq o‘ynay boshlasa, «Bavariya» futbolchini transfer qilish uchun jiddiyroq harakat qiladi. Hozircha Olmoning o‘zi «Barselona»da qolishni istamoqda.
Shunga qaramay, agar 80 million yevrolik taklif tushsa, kataloniyalik klub futbolchini sotish variantini jiddiy ko‘rib chiqishi mumkin.
Olmo 2024 yil avgust oyida Germaniyaning «RB Leypsig» klubidan «Barselona»ga ko‘chib o‘tgan. Joriy mavsumda 28 yoshli ispaniyalik yarim himoyachi barcha musobaqalar doirasida 8 ta uchrashuvda ishtirok etib, 3 ta gol urdi.
Transfermarkt portali Olmoning bozor qiymatini 60 million yevroga baholamoqda.













