Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

Bellingem Bekxemga tenglashdi

Bellingem Bekxemga tenglashdi

Baho:
+ | -

Angliya terma jamoasi Millatlar ligasida Chexiyani yirik hisobda mag‘lub etib, navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Jud Bellingem uchun bu «Real» Madrid futbolchisi maqomida Angliya terma jamoasi safidagi 36-o‘yin bo‘ldi.

Shu ko‘rsatkich bo‘yicha u «Real» futbolchisi sifatida Angliya terma jamoasida aynan 36 ta o‘yin o‘tkazgan afsonaviy Devid Bekxemga tenglashdi. «Real» futbolchisi sifatida terma jamoa safida hech kim bundan ko‘p o‘yin o‘tkazmagan, hatto 1999 yildan 2003 yilgacha «Real»da to‘p tepgan Stiv Makmanaman ham.

Endi Angliya terma jamoasi noyabr oyidagi xalqaro o‘yinlar tanaffusigacha dam oladi. O‘sha vaqtda jamoa Ispaniya va Xorvatiya terma jamoalariga qarshi o‘yin o‘tkazadi.

Kiritildi: 08:46, 07.10.2026.
O'qildi: 518 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик