Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

Lisandro Martines Messiga aytgan xayrlashuv so‘zlarini oshkor qildi

Lisandro Martines Messiga aytgan xayrlashuv so‘zlarini oshkor qildi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" va Argentina terma jamoasi himoyachisi Lisandro Martines Lionel Messining milliy jamoadagi xayrlashuv uchrashuvidan so‘ng qisqacha fikr bildirdi.

"Men Leo Messiga uni butun qalbim bilan yaxshi ko‘rishimni aytdim", — deya futbolchining so‘zlarini insayder Fabrisio Romano ijtimoiy tarmoqlarda keltirdi.

6 oktyabrdan 7 oktyabrga o‘tar kechasi Argentina terma jamoasi Beninga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi. Jahon vise-chempionlari 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Ushbu bahsda Lionel Messi bitta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganidan keyin Messi asosiy e’tiborini klub miqyosidagi o‘yinlarga qaratadi. Hozirda u AQSHning "Inter Mayami" klubi sharafini himoya qilmoqda.

Kiritildi: 10:42, 07.10.2026.
O'qildi: 531 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик