Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni Lionel Messining milliy jamoadagi xayrlashuv uchrashuvidan so‘ng unga nisbatan iliq fikrlar bildirdi.
Argentina o‘rtoqlik bahsida Beninni 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Messi uchrashuvda bitta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
"Bu juda hissiyotli va shu bilan birga qayg‘uli kun bo‘ldi, chunki Messi endi Argentina terma jamoasi libosini kiymaydi.
U milliy jamoa ranglari uchun hech kimdek kurashdi. Tarixdagi eng yaxshi futbolchiga murabbiylik qilishimni tasavvur ham qilmaganman. Bu mening orzum edi va men bu haqda uning o‘ziga ham aytdim", — deya Skalonining so‘zlarini Ole keltirdi.
Lionel Messi Argentina terma jamoasi safida jami 208 ta uchrashuv o‘tkazib, 126 ta gol urdi va 69 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













