Lionel Messi Argentina terma jamoasi safidagi xayrlashuv uchrashuvida gol urdi. Bu 39 yoshli hujumchining professional faoliyatidagi 932-goli bo‘ldi.
Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Messi portugaliyalik yulduz Krishtianu Ronaldudan ortda bormoqda. Ronaldu hisobida 979 ta gol bor.
Eslatib o‘tamiz, Argentina terma jamoasi Buenos-Ayresda Beninga qarshi maydonga tushdi. Lionel Skaloni shogirdlari 3:0 hisobida ishonchli g‘alaba qozondi. Messi goldan tashqari, ikkita golli uzatmani ham amalga oshirdi.
Lionel Messi Argentina terma jamoasi safida 208 ta uchrashuv o‘tkazib, 126 ta gol urdi va 69 ta golli uzatma berdi.













