"Barselona" va "Yuventus"ning sobiq yarim himoyachisi Arturo Vidal ijtimoiy tarmoqlar orqali Lionel Messiga murojaat qildi.
"Senga barcha ezgu tilaklarni tilayman. O‘zga sayyoralik. Tarixdagi eng yaxshisi", — deb yozdi chililik futbolchi.
6 oktyabrdan 7 oktyabrga o‘tar kechasi Messi Argentina terma jamoasi safidagi xayrlashuv uchrashuvini Beninga qarshi o‘tkazdi.
"Albiseleste" o‘z maydonida Afrika vakilini 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Lionel mazkur bahsda bitta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
Messi Argentina terma jamoasi safida jami 208 ta uchrashuv o‘tkazib, 126 ta gol urgan.













