Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi 2-2 Xorazm

Merino — zaxiradan maydonga tushib eng ko‘p gol urgan ispaniyalik

Merino — zaxiradan maydonga tushib eng ko‘p gol urgan ispaniyalik

Baho:
+ | -

Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Mikel Merino Millatlar ligasi 4-turidan o‘rin olgan Xorvatiyaga qarshi bahsda dubl qayd etdi. Ispaniya 2:1 hisobida g‘alaba qozongan uchrashuvda u 46-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.

"Arsenal"ning 30 yoshli futbolchisi 2025 yil boshidan buyon Ispaniya terma jamoasi safida zaxiradan maydonga tushgan 16 ta o‘yinda 6 ta gol urdi. Bu shu davrda Yevropa terma jamoalari futbolchilari orasidagi eng yaxshi ko‘rsatkich hisoblanadi.

Umuman olganda, Luis de la Fuente bosh murabbiyligi davrida Merino zaxiradan maydonga tushgan holda Ispaniya terma jamoasi uchun 7 ta gol urdi. Bu ham terma jamoada o‘yinni zaxira o‘rindig‘ida boshlagan futbolchilar orasida eng yuqori natijadir.

Kiritildi: 17:12, 07.10.2026.
O'qildi: 367 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик