«Barselona» klubi himoyachi Xavi Espart bilan shartnoma muddatini uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Bu haqda Kataloniya klubining rasmiy saytida ma’lum qilindi.
19 yoshli futbolchi bilan yangi shartnoma 2030 yilgacha amal qiladi. Kelishuv yaqin kunlarda imzolanishi kutilmoqda.
Xavi Espart 2015 yilda «Barselona» akademiyasiga qo‘shilgan. U 2026 yilning mart oyida klubning asosiy jamoasida debyut qilgan.
Joriy mavsumda yosh himoyachi «Barselona» safida Ispaniya La Ligasining beshta uchrashuvida maydonga tushib, bitta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt internet portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining hozirgi bozor qiymati 25 million yevroni tashkil etmoqda.
«Barselona» — «Xetafe» uchrashuvi 10 oktyabr kuni O‘zbekiston vaqti bilan soat 21:30 da boshlanadi.













