Milanning «Inter» klubi Italiya A Seriyasidagi mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirmoqda.
Kristian Kivu boshchiligidagi jamoa chempionatning 6-turidan o‘rin olgan uchrashuvda «Parma»ni 3:0 hisobida tor-mor etdi.
Shu tariqa, milanliklar joriy mavsum A Seriyada o‘tkazgan dastlabki oltita uchrashuvida biror marta ham mag‘lubiyatga uchramadi. «Inter» ushbu bahslarning beshtasida g‘alaba qozongan bo‘lsa, yana bir o‘yinda durang qayd etdi.
Ayni paytda «neradzurri» 16 ochko bilan Italiya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Milan klubi eng yaqin ta’qibchilari — «Roma» va «Lasio»dan 3 ochkoga o‘zib ketgan.
Shu bilan birga, Rimning har ikki klubi zaxirasida bittadan o‘yin mavjud.













