«Tottenxem» bosh murabbiyi Roberto De Dzerbi jamoasini Ispaniyaning Marbelya shahrida o‘tkaziladigan to‘qqiz kunlik o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga olib boradi.
Italiyalik mutaxassis futbolchilarni tayyorlashda noodatiy usullardan foydalanishi bilan tanilgan va bu safar ham o‘z yondashuviga sodiq qolmoqda.
«Manchester Yunayted»ga qarshi uchrashuvdan so‘ng De Dzerbi jamoani Ispaniyaga olib borishga qaror qildi. Marbelyada tashkil etiladigan yig‘in davomida asosiy e’tibor maydondagi mashg‘ulotlar bilan bir qatorda futbolchilar o‘rtasidagi hamjihatlikni kuchaytirish va jamoaviy ruhni mustahkamlashga qaratiladi.
«Tottenxem» futbolchilari 19 oktyabr, dushanba kuni bo‘lib o‘tadigan navbatdagi uchrashuvga qadar Marbelyada tayyorgarlik olib boradi.
Qayd etish joiz, De Dzerbi bunday usuldan avval ham foydalangan. Xususan, 2025 yil aprel oyida «Marsel»ni boshqargan davrida jamoa qiyin vaziyatni boshdan kechirayotgan bir paytda futbolchilar o‘rtasidagi birdamlikni kuchaytirish maqsadida Rim shahrida maxsus o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini tashkil etgan edi.













