Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/10 00:00 Real Madrid 1-0 Vilyarreal
11/10 16:00 OKMK 2-2 Navbahor
11/10 16:00 So‘g‘diyona 2-3 Lokomotiv
11/10 17:00 Elche - Selta
11/10 18:00 Kristal Pelas - Nottingem Forest
11/10 18:00 Xall Siti - Everton
11/10 19:15 Real Sosyedad - Deportivo
11/10 20:30 Liverpul - Manchester Siti
11/10 21:30 Betis - Osasuna
12/10 00:00 Rasing - Valensiya
12/10 18:45 Paxtakor - Al-Qodisiya
12/10 21:00 Al-Vasl - Al-Ahli (SA)
12/10 21:00 Traktor - Ash-Shamol
12/10 23:15 An-Nasr (SA) - Neftchi
12/10 23:15 Al-G‘arafa - Istiqlol
12/10 23:15 Al-Quva al-Javiya - Al-Ayn
13/10 00:00 Koventri Siti - Nyukasl
13/10 00:00 Levante - Sevilya

Modrich hayotda amal qiladigan eng muhim tamoyilini ochib berdi

Modrich hayotda amal qiladigan eng muhim tamoyilini ochib berdi

Baho:
+ | -

"Milan" klubining xorvatiyalik yarim himoyachisi Luka Modrich hayotda amal qiladigan asosiy tamoyili va o‘zi uchun eng muhim deb hisoblaydigan insoniy fazilatlar haqida fikr bildirdi.

Tajribali futbolchining ta’kidlashicha, har qanday vaziyatda ijobiy kayfiyatni saqlash va atrofdagilarga yordam berish uning hayotiy shioriga aylangan.

"Mening hayotdagi o‘rnim va yondashuvim doimo ijobiy kayfiyatni saqlash hamda atrofimdagi insonlarga yordam berishdan iborat bo‘lgan.

Ayniqsa, kimdir og‘ir davrni boshdan kechirayotganini ko‘rsam, u bilan suhbatlashishga, maslahat berishga va qo‘llab-quvvatlashga harakat qilaman.

Xuddi shu tamoyilga butun jamoa bilan munosabatlarda ham amal qilishga intilaman. Doimo ijobiy ruhni saqlash, imkoniyat tug‘ilganda yordam berish va boshqalarga yaxshi o‘rnak bo‘lish men uchun juda muhim.

Buni o‘z mehnatim, xulq-atvorim va boshqa harakatlarim orqali ko‘rsatishga harakat qilaman. Bir so‘z bilan aytganda, jamoaning ahil ishlashi yoki oilaning farovonligi uchun muhim bo‘lgan barcha jihatlarda namuna bo‘lishni istayman", — deya Modrichning so‘zlarini keltiradi Pianeta Milan nashri.

Eslatib o‘tamiz, Luka Modrich 2025 yildan buyon Italiyaning "Milan" klubi sharafini himoya qilib kelmoqda.

Kiritildi: 10:17, 11.10.2026.
O'qildi: 462 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик