Italiyaning «Inter» va «Milan» klublari «Kalyari» darvozaboni Elia Kaprileni o‘z safiga qo‘shib olish uchun raqobatga kirishishi mumkin.
Bu haqda insayder Ekrem Konur ma’lum qildi.
Manbaning xabar berishicha, Milanning har ikki klubi 25 yoshli italiyalik golkiperga qiziqish bildirmoqda. Kaprilening «Kalyari» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilga qadar mo‘ljallangan.
Ayni paytda darvozabonning transfer qiymati 12 million yevroga baholanmoqda.
Manbaga ko‘ra, shartnoma muddati tugashiga ikki yil qolgan davr «Kalyari» uchun futbolchini sotishga qulay imkoniyat bo‘lishi mumkin.
Qayd etish joiz, «Kalyari» Italiya A Seriyasining joriy mavsumini muvaffaqiyatli boshlagan. Jamoa dastlabki beshta turda 12 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi.













