Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/10 00:00 Real Madrid 1-0 Vilyarreal
11/10 16:00 OKMK 2-2 Navbahor
11/10 16:00 So‘g‘diyona 2-3 Lokomotiv
11/10 17:00 Elche - Selta
11/10 18:00 Kristal Pelas - Nottingem Forest
11/10 18:00 Xall Siti - Everton
11/10 19:15 Real Sosyedad - Deportivo
11/10 20:30 Liverpul - Manchester Siti
11/10 21:30 Betis - Osasuna
12/10 00:00 Rasing - Valensiya
12/10 18:45 Paxtakor - Al-Qodisiya
12/10 21:00 Al-Vasl - Al-Ahli (SA)
12/10 21:00 Traktor - Ash-Shamol
12/10 23:15 An-Nasr (SA) - Neftchi
12/10 23:15 Al-G‘arafa - Istiqlol
12/10 23:15 Al-Quva al-Javiya - Al-Ayn
13/10 00:00 Koventri Siti - Nyukasl
13/10 00:00 Levante - Sevilya

Mirjalol Qosimov: “Navbahor”ga qarshi bellashuvlar qiziqarli kechmoqda”

Mirjalol Qosimov: “Navbahor”ga qarshi bellashuvlar qiziqarli kechmoqda”

Baho:
+ | -

Superliganing 23-turidan o‘rin olgan OKMK – “Navbahor” (2:2) jamolari o‘rtasidagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanniing ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov qatnashib, jurnalistlarning savollariga javob berdi.

— Bugungi bellashuv borasida nima deya olasiz?
— Bu barcha kutgan o‘yin edi. “Navbahor”ga qarshi bellashuvlar qiziqarli kechmoqda. Muxlislarga o‘yin yoqdi, deb o‘ylayman. Jangovar va tezkor bahs guvohi bo‘ldik. Ushbu uchrashuv tarixga aylandi va endi keyingi o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak. Yil oxiri yaqinlashib kelmoqda, demak intriga yanada ko‘payadi.

— Bugungi uchrashuvning qaysi jabhalaridan qoniqdingiz?
— Yigitlar oxirigacha o‘ynashdi, nima holat bo‘lishiga qaramay. Maqsadimiz muxlislarni xursand qilish. Kamchilik esa uch ochkodan mahrum bo‘lganimiz bo‘ldi.

— Abror Karimov umumiy olganda yaxshi o‘ynadi, ammo o‘yin so‘ngida ikkita penalti uning xatolaridan so‘ng belgilandi. Karimov haqida nima deysiz?

— Qonun barcha uchun barobar. Yosh futbolchi shunday o‘yinlar orqali toblanib boradi. Birinchi penaltida Sobirjonov barchasini bartaraf etishi mumkin edi. Birgina noto‘g‘ri harakat penaltiga olib keldi. Raqib futbolchisi darvoza tomon emas, yonga ketayotgandi. Karimov raqib futbolchisi bilan parallel ravishda yugurib qo‘ysa bo‘lardi. Mana shunday vaziyatlar orqali tajriba oshib boradi. Tajriba yillar davomida orttiriladi degan gap bor. Agar keyingi uchrashuvda ham yana shu xatoni takrorlaydigan bo‘lsa, bu boshqa masala bo‘ladi. Yaxshi himoyachi bir marotaba aldanadi degan gap bor.

— O‘tgan mavsumda OKMK zo‘r o‘ynagan edi, ammo darvozabonlar ko‘p xatoga yo‘l qo‘yishgandi. Joriy yilda esa posbonlar ancha yaxshi o‘yin namoyish etishmoqda, misol uchun penalti bartaraf etildi. Hozir jamoada Denis Ivankov darvozabonlar murabbiyi bo‘lib ishlamoqda. Balki bu tasodifdir yoki yo‘q. Shuningdek, OKMK statistika bo‘yicha eng yaxshi hujumkor jamoalardan biri, ammo realizasiya yaxshi emas. Siz futbolchilik davringizda eng yaxshi hujumchilar bilan o‘ynagansiz...

— Unday desangiz, sizni har kungi mashg‘ulotlarimizga chaqiraman. Mashg‘ulotlarda nima qilayotganimizni ko‘rasiz. Biz buning ustida ishlayapmiz. Taktika uchun ochko berishmaydi. Yetti metrlik darvozaga to‘p kirsa bo‘ldi, taktika ish bergan bo‘ladi. Biz barcha jabhalar ustida ishlayapmiz. Jizzaxdagi o‘yinda ham birinchi bo‘limning o‘zidayoq ikkita yaqqol vaziyatimiz bor edi. Masalan, bugun ham standartdan vaziyatdan so‘ng, o‘z darvozamizdan to‘p o‘tkazib yubordik. Qiyin vaziyat emas edi, faqatgina o‘yinchiga e’tiborliroq bo‘lish va uni biroz yaxshiroq qo‘riqlash kerak edi. Sen o‘z futbolchingga mas’ul bo‘l. To‘p yoki yana bir raqib o‘yinchisiga e’tibor berma. O‘z futbolching bilan o‘yna.

Agar barcha vaziyatlarimizdan foydalanganimizda chempion bo‘lib ketardik. Ishlashda davom etyapmiz.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: fcnavbahor.uz
Kiritildi: 06:53, 12.10.2026.
O'qildi: 320 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик