«Komo» va «Roma» o‘rtasidagi uchrashuv gollarsiz yakunlanib, joriy mavsumda Italiya A Seriyasidagi birinchi golsiz bahsga aylandi. Qatoraciga 53 ta uchrashuvda kamida bittadan gol urilganidan so‘ng, Italiya chempionatida ilk bor 0:0 hisobi qayd etildi. Qizig‘i shundaki, aynan bu uchrashuvda bunday natija kuzatilishi ehtimoli pastdek ko‘ringan edi.
Shu bilan birga, bu rekord emasligini ta’kidlash lozim. 1949/1950 yilgi mavsumda A Seriyadagi ilk golsiz durang faqat yettinchi turda qayd etilgan. O‘shanda «Milan» va Rimning «Lasio» klublari o‘zaro durang o‘ynagan.
O‘tgan mavsumda esa chempionatning birinchi uchrashuviyoq 0:0 hisobida yakunlangan, dastlabki olti tur davomida jami oltita golsiz durang qayd etilgan.













