Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/10 00:45 Milan 0-2 Napoli
30/10 17:00 Port 1-3 Lion Siti Seylors
30/10 22:30 Empoli 0-3 Inter
30/10 22:30 Venetsiya 3-2 Udineze
31/10 00:45 Atalanta 2-0 Monsa
31/10 00:45 Yuventus 2-2 Parma
31/10 22:30 Jenoa - Fiorentina
01/11 00:45 Komo - Lasio
01/11 00:45 Roma - Torino

Messini 2017 yilda kutayotgan marralar

Messini 2017 yilda kutayotgan marralar

Baho:
+ | -

Lionel Messi hozirga qadar turli rekordlarni yangilab kelmoqda. “Barselona” klubi rasmiy sayti besh karra “Oltin to‘p” sohibini 2017 yilda kutayotgan marralarni eslatdi.

“Barselona” safida rasmiy o‘yinlarda gollar sonini 500 taga yetkazish.

Messi uchun 2017-yildagi birinchi marra – klub safida rasmiy o‘yinlardagi gollari sonini 500 taga yetkazish. Argentinalik futbolchi o‘rtoqlik o‘yinlarini ham hisobga olganda 500 lik dovonni bosib o‘tgan. Ammo, rasmiy o‘yinlarda hozircha 478 ta gol urgan. Yana 22 gol ursa buni ham uddalagan bo‘ladi.

Chempionlar Ligasida 100 ta gol.

Leo Messi ushbu yilda Chempionlar Ligasidagi gollari sonini 100 taga yetkazishi mumkin. Buning uchun undan yana 7 ta gol urish talab etiladi. Bu yilgi mavsumda guruh bosqichining o‘zida 10 ta gol urgan Messining gollari soni 93 ta.

“Ko‘k-anorranglilar” safida 600 uchrashuv.

Navbatdagi marra – klub libosida 600-o‘yinini o‘tkazish va Karles Puyolni quvib o‘tish. Hozircha Messi klub safida 553 marta, Puyol esa 593 marta o‘yin o‘tkazgan. Bu borada klub tarixidagi yetakchilar – Inesta va Xavini quvib yetish biroz mushkul.

Beshinchi bor Chempionlar Ligasi sovrinini yutib olish.

Lionel Messi hozircha 4 bora ushbu sovrinni yutib olgan. 29 yoshli argentinalik “yulduz” 2005-2006, 2008-2009, 2010-2011, 2014-2015 yilgi mavsumlarda ushbu sovrinni boshi uzra baland ko‘targan. Ushbu 4 ta finalning ikkitasida gol urgan. (2009 va 2011-yilgi finallar). Bu mavsumda ham jamoa bilan navbatdagi sovrinni yutib olishga harakat qilib ko‘radi.

Bir jamoa safida Yevropadagi eng yaxshi to‘purarlik.

“Benfika” bilan 473 ta gol urgan Eysebioni ortda qoldirgan Messi (“Barsa” safida 478) Uve Ziler (507 gol, “Gamburg”), J. Makgregori (522 gol, “Seltik”) va Gerd Myuller (525 gol, “Bavariya”) larning ko‘rsatkichlarini yangilashga harakat qilib ko‘radi.

“Las Palmas” darvozasiga yo‘l topish.

Lionel Messi «Las Palmas»dan tashqari La Liganing barcha jamoalari darvozasiga yo‘l topa olgan. Bu omadsizligini 14-yanvar kuni to‘xtatishi mumkin.

Xorij jamoalariga qarshi 100-golini urish.

“Barselona”ning 10-raqam egasi La Ligada ishtirok etmaydigan jamoalarga qarshi 97 ta gol urishga erishgan. Chempionlar Ligasi nimchorak finalida “PSJ” qarshi bo‘ladigan o‘yinlarda ushbu ko‘rsatkichga erisha olishi mumkin.

La Ligada hisobni ochgan eng yaxshi o‘yinchi bo‘lish.

Lionel Messi La Liga doirasidagi o‘yinlarda 71 marta hisobni ochishga muvaffaq bo‘lgan. Eng yaxshi ko‘rsatkich esa Ugo Sanchesga (76 bora) tegishli. Ushbu mavsumda Messi 4 bora hisobni ochdi. 5 bora hisobni ochgan Ruben Kastro, Vilyam Joze va Raul Garsiyalar Messidan oldinda bormoqda.

“Barselona” bilan 400-g‘alaba.

Leo – tug‘ma g‘olib. Hozircha, klub libosida 390 ta g‘alabaga erishgan. 400 lik dovonni oshib o‘tish uchun nechta uchrashuv o‘tkazishi kerak bo‘larkin…

500-bor asosiy tarkibda maydonga tushish.

Lionel Messi har bir uchrashuvni asosiy tarkibda boshlashni istaydi. Hozircha 551 o‘yinda 486 bora o‘yinni asosiy tarkibda boshlagan. Bu ko‘rsatkichni ham 2017-yilda yangilashiga hech qanday shubha yo‘q.

Manba: muhokama.com
Kiritildi: 12:28, 09.01.2017.
O'qildi: 12455 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.