Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/01 00:45 Inter 2-2 Napoli
12/01 21:30 Saudiya Arabistoni 0-1 Vyetnam
12/01 21:30 Iordaniya 1-0 Qirg‘iziston
12/01 22:30 Jenoa 3-0 Kalyari
13/01 00:45 Yuventus 5-0 Cremonese
13/01 01:00 Sevilya 0-1 Selta
13/01 16:30 O‘zbekiston - Janubiy Koreya
13/01 16:30 Eron - Livan
13/01 21:30 Yaponiya - Qatar
13/01 21:30 BAA - Suriya
14/01 16:30 Iroq - Avstraliya
14/01 16:30 Tailand - Xitoy
14/01 22:30 Napoli - Parma

Dramatik o‘yinda «Sevilya» «Real»ni mag‘lub etdi

Dramatik o‘yinda «Sevilya» «Real»ni mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

Ispaniya chempionatining 18-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "Sevilya" va "Real" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin dramatik ssenariy asosida o‘tdi. Andalusiyaliklar Kubok doirasidagi mag‘lubiyat, so‘nggi daqiqalarda qo‘ldan chiqarilgan g‘alaba uchun "Madrid"dan qasos olishga muvaffaq bo‘ldi.

Zidan bugungi o‘yinga 3-5-2 taktik sxemasi asosida o‘ynashga qaror qildi. Orqada 3 himoyachini qoldirib, Marselo va Karvaxalni yarim himoyaga o‘tkazdi. Oldinda esa Ronaldu va Benzema sof hujumchi sifatida harakat qilishdi.

Uchrashuv bir soatdan biroz oshiqroq vaqt davomida asosan taktik kurash ostida o‘tdi. Jamoalar oldinga o‘tishdi, ammo katta kuch bilan emas. Yuzaga kelgan unchalik ko‘p bo‘lmagan vaziyatlardan esa futbolchilar foydalana olishmadi.

Bahsning 64-daqiqasida Karvaxal o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga yorib kirdi, to‘pga tashlangan "Sevilya" darvozaboni Danielni yiqitdi. Belgilangan penaltini Krishtianu Ronaldu aniq amalga oshirib hisobni ochdi.

O‘yin "Real"ning g‘alabasi bilan yakunlanayotgandek ko‘ringan vaziyatda, butun bahs davomida "Ramon Sanches Pisxuan"ga yig‘ilgan muxlislarning hushtakbozligi ostida o‘ynashga majbur bo‘lgan Serxio Ramos qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi. Jarimadan yetkazilgan uzatmani "Madrid" sardori bosh bilan darvozaga to‘g‘rilab qo‘ydi.

Goldan ruhlangan andalusiyaliklar ketma-ket hujum qila boshladilar va ular g‘alabani to‘pini kiritishga muvaffaq bo‘ldilar. Qo‘shib berilgan daqiqalarda Stefan Yovetich olis masofadan aniq zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi!

Shu tariqa, "Sevilya" "Real"ning 40ta o‘yindan iborat mag‘lubiyatsiz seriyasiga nuqta qo‘ydi va jadvalda 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Endi "Qirollik klubi"dan "Sevilya" 1, "Barselona" 2 ochko ortda qolmoqda. Albatta, madridliklar hisobida bitta qoldirilgan o‘yin bor.

Ispaniya La ligasi, 18-tur.
"SEVILYA" - "REAL MADRID" - 2:1 (0:0, 2:1)
Gollar: 0:1 – 67, penalti Ronaldu, 1:1 – 85, avtogol Ramos, 2:1 – 90 Yovetich.
Sevilya – Riko, Parexa, Eskudero, Mariano, Rami, Nasri, Iborra (Sarabiya, 77), Vitolo, Nzonzi, Vaskes (Yovetich, 68), Ben-Yedder (Vyetto, 90).
Real Madrid – Navas, Varan, Ramos, Nacho, Marselo, Modrich, Kazemiro, Kroos (Kovachich, 75), Karvaxal, Benzema, Ronaldu.
Ogohlantirishlar: Iborra (31), Nzonzi (42), Nasri (81), Marselo (84).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 02:35, 16.01.2017.
O'qildi: 13321 marta.
Fikrlar: 35 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.