Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv 0-2 Navbahor
17/04 19:00 OKMK 3-2 Buxoro
17/04 20:15 Surxon 0-1 Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona - Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 - Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya

La liga. «Real» ta’qibchilardan ilgarilab ketdi

La liga. «Real» ta’qibchilardan ilgarilab ketdi

Baho:
+ | -

"Real" Ispaniya kubogini  tark etganidan keyin bor e’tiborlarini La ligaga qaratishlari tayin edi. Boz ustiga, ushbu turda jamoaning asosiy ta’qibchilari ochko yo‘qotishgani bois, madridliklar oradagi farqni oshirib olish imkoniyatiga ega edilar. "Qirollik klubi" bu imkoniyatdan samarali foydalandi.

Sakristan boshqaruvidagi "Real Sosyedad" klubi to‘pni nazorat qilib, mezbonlarni to‘psiz yugurishga majbur qilishdi. Ammo ular bu ishni bexato amalga oshira olishmadi. Yuzaga kelgan xatolardan esa madridliklar o‘ta samarali foydalanishdi.

Birinchi bo‘limning 38-daqiqasida Ronalduning uzatmasidan keyin Kovachich darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib va darvozani ishg‘ol qildi.

Ikkinchi bo‘lim boshida xorvatiyalik futbolchi Krishtianuga o‘z "qarzi"ni qaytardi. Mateoning uzatmasidan portugaliyalik futbolchi jarima maydonchasiga yorib kirdi hamda to‘pni darvozabonning ustidan oshirib qo‘ydi — 2:0.

Ushbu gol amalda o‘yin taqdirini hal qildi. Boz ustiga, o‘yin tugashiga 15 daqiqa qolganida "Sosyedad" himoyachisi Martines ikkinchi sariq kartochka tufayli maydonni erta tark etdi.

Bugun o‘yini qovushmagan Benzemaning o‘rniga tushirilgan Morata maydonni golsiz tark etmadi. Vaskesning uzatmasidan keyin Alvaro bosh bilan raqib darvozasiga uchinchi golni urishga muvaffaq bo‘ldi.

Ushbu g‘alabadan keyin "Madrid" o‘z ta’qibchilari — "Barselona" va "Sevilya"dan 4 ochkoga ilgarilab ketdi. Zidan jamoasi hisobida bitta zaxira o‘yini borligini yaxshi bilasiz.

Ispaniya La ligasi, 20-tur
"REAL MADRID" - "REAL SOSYEDAD" - 3:0 (1:0)
Gollar: 1:0 – 38 Kovachich, 2:0 – 51 Ronaldu, 3:0 – 82 Morata.
Real Madrid – Navas, Varan, Nacho, Danilo, Ramos, Kovachich (Isko, 77), Kazemiro, Kroos, Vaskes (Asensio, 84), Ronaldu, Benzema (Morata, 66).
Real Sosyedad – Ruli, Martines, Navas, Saldua, Surutusa, Rodriges, Kanales (Granero, 77), Ilyarramendi, Oyarsabal (Vela, 57), Xuanmi, Villian Joze (Priyeto, 57).
Ogohlantirishlar: Martines (6), Kroos (39), Rodriges (71), Vaskes (77).
Chetlatish: Martines (74).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 02:34, 30.01.2017.
O'qildi: 14440 marta.
Fikrlar: 15 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик