Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Top-15: 2017 yilgi mavsumni xorij klubida o‘tkazishi aniq bo‘lgan o‘zbekistonlik futbolchilar

Top-15: 2017 yilgi mavsumni xorij klubida o‘tkazishi aniq bo‘lgan o‘zbekistonlik futbolchilar

Baho:
+ | -

2017 yilga kelib O‘zbekistondan boshqa chempionatlarda o‘z omadini sinab ko‘rishni maqsad qilgan futbolchilar soni keskin oshib ketdi. So‘nggi 40 kun ichida yangi jamoa libosini kiygan 15 nafar o‘zbekistonlik futbolchi bilan tanishing.

Alisher Azizov — «Dordoy» (Qirg‘iziston)

Zo‘rlar ichida o‘rtacha bo‘lgandan, kuchsizlar ichida zo‘r bo‘l. «Paxtakor»da porlamoqchi bo‘lib, kutilganidek porlay olmagan Alisher Azizov faoliyatini qo‘shni Qirg‘izistonda davom ettiradigan bo‘ldi. U so‘nggi mavsumni «Obod» safida o‘tkazgandi.

Pavel Smolyachenko — «ATM» (Malayziya)

Xo‘rozqand chet elniki. Malayziya Premyer-ligasi maqomi bo‘yicha O‘zbekiston Birinchi ligasi bilan teng. Biroq unda to‘lanadigan pul Oliy liganikidan yaxshiroq bo‘lishi mumkin. O‘zbekiston Birinchi ligasida esa Farhod Magomedovning aytishicha, futbolchilar och ham qolib ketmoqda.

Bobur Akbarov — «Kuala-Lumpur» (Malayziya)

Hechdan ko‘ra kech. Bobur Akbarov ham musofirchilikni ko‘rishi kerak edi. Malayziya Premyer-ligasining «Kuala Lumpur» klubi unga bu borada yordamlashdi.

Lutfulla To‘rayev — «Terengganu» (Malayziya)

Tirikchilikning aybi yo‘q. O‘tgan mavsumni Malayziyaning «Felda Yunayted» klubi safida o‘tkazib, kumush medalni qo‘lga kiritgan To‘rayevga Sharqiy Osiyo havosi yoqib qoldi. Endi u quyi liga klubida bo‘lsa-da, Malayziyada qolishga qaror qildi. Iliq havo, go‘zal dengiz va kuchsiz chempionat. To‘liq baxt uchun yana nima kerak?

Javlon Guseynov — «Chainat Xonbill» (Tailand)

Malayziya quyi ligasida o‘ynash mumkin-u, Tailandnikida mumkin emasmi? Mumkin, albatta. Anvar Rajabov va Asqar Jadigerovdan keyin tay klublari o‘zbekistonlik futbolchi bilan shartnoma imzolashga qo‘rqib qolgandi. «Chainat Xonbill» esa tavakkalga qo‘l urdi va Javlon Guseynovni yaxshi niyatlar bilan qo‘shib oldi.

Dilshod Sharofutdinov — «T-Tim» (Malayziya)

Sen yolg‘iz emassan. Do‘sti Farhod Tojiyev «T-Tim» safiga qaytib kelgach, Dilshod Sharofutdinov ham klub bilan shartnomasini uzaytirib qo‘ya qoldi. Katta shaharda o‘zbek tilida so‘zlasha oladiganing hamkasbing bo‘lishi yoqimli bo‘lsa kerak.

Maksimilian Fomin — «Saham» (Ummon)

Futbolchiligidan ko‘ra ko‘proq muxlislarni haqorat qilgani bilan tanilgan Maksimilian Fomin Ummon chempionatini kashf qilishga harakat qiladi. O‘zbekistonlik Fellainining o‘yini ochilib ketsa, ketidan qolganlar ham Ummon sori yuzlanib qolsa ajab emas.

Izzatbek G‘aniyev — «Al Hala Muharraq» (Bahrayn)

«Nasaf» Bahrayn chempioni darvozasiga javobsiz 4 ta gol urgani inobatga olinsa, «Neftchi»dek klubda o‘ynab yurgan futbolchi Bahraynning to‘qqizinchi jamoasida bemalol o‘ynab ketsa kerak. Bu ham o‘zbekistonliklar uchun yangi sinov.

Farhod Tojiyev — «T-Tim» (Malayziya)

Qaytish. Oldin ham «T-Tim»da o‘ynagan Farhod Tojiyev, yana shu klubga qaytib keldi. Muxlislar yoqimtoyiga aylanib qolishi ham mumkin, agar rasmiy o‘yinlarda gol ursa. O‘rtoqlik o‘yinlarida qator gollar urgan futbolchi mavsumning dastlabki ikki turini golsiz tark etdi.

Sanjar Tursunov — «Al-Xaraytiyat» (Qatar)

Qatar Yulduzlar ligasi — kuchli liga. «Vorskla»dan maoshlarini ololmay yurgan Sanjar Tursunov Qatarga qaytdi. U avval «Umm Salal»da o‘ynardi, endi boshqa jamoada. Muhimi, oyligini vaqtida va rozi qilib beradigan joyda.

Sanjar Shoahmedov — «As-Sayliya» (Qatar)

Samvel Babayan har kuni ko‘rsa ham, yaxshi qirralarini ko‘ra olmaydigan futbolchini qatarliklar ko‘rib qoldi. Yangi uylangani inobatga olinsa, Qatardagi asal oyi bir hafta yoki 10 kun emas, 1,5 yil davom etadi deyish mumkin.

Temurxo‘ja Abduxoliqov — As-Sayliya (Qatar)

Sanjar Shoahmedov yolg‘iz emas. Oliy ligada 22 ta gol urib qo‘ygani uchun ham Babayan Abduxoliqovni terma jamoaga zo‘rg‘a chaqirgandi. Qatar klubi esa jon deb, safiga qo‘shib oldi. U gol ham urib ulgurdi va Igor Sergeevga otashin salom yo‘lladi.

Fozil Musayev — Jubilo Ivata (YAponiya)

Mavsumning eng yaxshi kelishuvlaridan biri. Ayniqsa, o‘zbekistonlik futbolchi Yaponiyada o‘ynamagani inobatga olinsa. Oxiri bahayr bo‘lsa, kunchiqar yurtda O‘zbekiston futbolchilarining ham kuni kelishi mumkin.

Server Jeparov — Istiqlol (Eron)

1,5 yil uchun 500 ming dollar. Janubiy Koreya va Saudiya Arabistoniga borib, mamlakat chempionligini qo‘lga kiritgan Jeparov, endi fors diyorida shunga harakat qiladi. U haqiqiy omadi chopgan futbolchi bo‘lib chiqdi.

Odil Ahmedov — Shanxay SIPG (Xitoy)

Mavsumning eng yaxshi transferi. Yaqin-yaqingacha O‘zbekistonda 7 million yevrolik futbolchi bor ekaniga ishonish qiyin edi. Norasmiy manbalarga ko‘ra, Ahmedov yiliga 4 million yevro maosh oladi. Bu raqam esa yosh o‘zbekistonlik futbolchilarni yaxshiroq futbol o‘ynashga ilhomlantirish uchun yetib ortadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 21:30, 01.02.2017.
O'qildi: 17051 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик