Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/02 21:00 Al-Ahli (SA) - Shabab al-Ahli
16/02 21:00 Sharja - Nasaf
16/02 23:15 Al-Hilol - Al-Vahda
16/02 23:15 Ash-Shorta - Duhayl
17/02 00:45 Kalyari - Lechche
17/02 01:00 Jirona - Barselona

«Real» «Selta»ga qarshi o‘yinning qoldirilmasligi uchun uchta variantni taklif qilgan

«Real» «Selta»ga qarshi o‘yinning qoldirilmasligi uchun uchta variantni taklif qilgan

Baho:
+ | -

«Real» klubi Ispaniya chempionatidan o‘rin olgan, Vigo shahrida o‘tkazilishi lozim bo‘lgan, biroq bo‘ron tufayli boshqa muddatga qoldirilgan «Selta» klubiga qarshi o‘yin haqida rasmiy bayonot berdi.

«Real» Vigo shahrining meri Abel Kabalyeroning, xavfsizlik choralariga e’tibor bermaganimiz haqida aytilgan noo‘rin gaplaridan afsusda ekanini ma’lum qiladi.

Ikkinchidan, «Real» hech qachon «Balaydos» stadionida amalga oshirilgan xavfsizlik choralariga shubha bildirmagan.

Uchinchidan, o‘yin boshlanmasidan 30 soat oldin, uning qoldirilishi ma’lum bo‘lgach, biz uchta yechimni taklif qildik:

a) stadion tomini ta’mirlash;

b) tomi zararlangan tribunani yopib qo‘yish;

v) o‘yinni yaqin oradagi boshqa stadionga ko‘chirish.

Bu takliflar o‘yinning qoldirilishi haqidagi qarorni qabul qilinishini oldini olish uchun berilgandi. Chunki bunday qaror bir yo‘la to‘rtta musobaqaning o‘tkazilishiga salbiy ta’sir ko‘rsatar, bundan tashqari, dunyodagi juda ko‘p telekanallarga moliyaviy zarar yetkazardi. Kelajakda esa translyasiya telehuquqlarini sotilishiga ham salbiy ta’sirini o‘tkazardi» - deyiladi klub bayonotida.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 11:59, 07.02.2017.
O'qildi: 19778 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.