Kirish Ro'yxatdan o'tish

Sarri: «Real» bilan tengma-teng o‘ynay olamizmi, aytish qiyin»

Sarri: «Real» bilan tengma-teng o‘ynay olamizmi, aytish qiyin»

Baho:
+ | -

«Napoli» bosh murabbiyi Maurisio Sarri Italiya chempionatining 24-turida «Jenoa»ga qarshi o‘yinda g‘olib chiqqanidan keyin (2:0) YECHL doirasida «Real»ga qarshi bo‘ladigan o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Real» bilan tengma-teng o‘ynay olamizmi, aytish qiyin. Ertaga "Real"ni diqqat bilan o‘rganishni boshlayman. Biz yaxshi formada bo‘lishimiz va o‘zimizga ishonishimiz kerak. Jamoa rivojlanishni boshlayapti. Bugun futbolchilar bor e’tiborlarini "Jenoa"ga qaratishdi. Aks holda g‘alaba qozona olmasdik.

Gigant jamoalarga qarshi o‘yinlar orqali futbolchilar hozir qanday saviyada ekanini bilishni istaydilar. Biz shunchaki umidvor bo‘lib qolmaymiz. Bunday holatlarda qat’iyroq bo‘lish zarur», - deydi Sarri.

Manba: soccer.ru
Kiritildi: 09:56, 11.02.2017.
O'qildi: 5152 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.