Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Zlatan Ibrohimovich Makgregor va Meyvezerni shifoxonaga jo‘natishga va’da berdi

Zlatan Ibrohimovich Makgregor va Meyvezerni shifoxonaga jo‘natishga va’da berdi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» futbol klubi hujumchisi Zlatan Ibrahimovich amerikalik sobiq bokschi Floyd Meyvezer va UFC chempioni Konor Makgregor o‘rtasida bo‘lib o‘tishi mumkin bo‘lgan jangga o‘z munosabatini bildirdi. Shvesiyalik 35 yoshli futbolchining so‘zlarini Sportskeeda nashri keltirdi.

«Meyvezer – Makgregor dramasidan charchadim. Ular safsatani bas qilib, yaxshisi men bilan jang qilsin. Nima bo‘lishini bir ko‘raylik. Ularning har ikkisini to‘g‘ri shifoxonaga jo‘nataman» - dedi Zlatan.

Floyd Meyvezer va Konor Makgregor o‘rtasida jang bo‘lib o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarlar UFC chempioni bokschilik lisenziyasini olganidan keyin paydo bo‘ldi. Irlandiyalik jangchi Meyvezer bilan jang uchun 100 million dollar ishlab olish istagini bildirgandi.

Keyinroq Universal janglar chempionati (UFC) prezidenti Dana Uayt Meyvezer va Makgregor jangi uchun har ikki sportchiga 25 million dollardan to‘lashga tayyor ekanini ma’lum qilgan edi.

Ma’lum muddatdan so‘ng Meyvezerning azaliy raqiblaridan biri — Menni Pakyao irlandiyalik bilan jang qilishga tayyor ekanini ma’lum qilgandi.

 

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 18:59, 14.02.2017.
O'qildi: 17829 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.