Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

«Real» – «Napoli»: tan olin(ma)gan Zidan

«Real» – «Napoli»: tan olin(ma)gan Zidan

Baho:
+ | -

“Real” Madrid o‘z uyida “Napoli”ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi. «Real» ushbu bahsda yaqqol favorit sifatida ko‘rilayotgan edi va buni oqladi.

“Napoli”ga qarshi ushbu uchrashuv va undagi g‘alaba “Real” uchun o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu bosqichdan eson-omon o‘tib olish Zidan shogirdlarining asosiy maqsadi. Zero, 40 o‘yinlik mag‘lubiyatsiz seriyasi barham topganidan keyin, “qaymoqlilar” ko‘rsatkichida biroz pasayish kuzatildi. 3 g‘alaba, 1 durang va 2 mag‘lubiyat. Bugungi g‘alaba jamoa uchun chempionatning hal qiluvchi pallasiga yaxshi kayfiyatda kirib kelishiga, o‘ta tig‘iz taqvimga ega fevral oyida qolgan bahslarga kuchni to‘g‘ri taqsimlashiga imkon beradi.

5 yillik tanaffusdan keyingi chempionlik?

2012 yildan buyon La Liga sovrini bir bora Madridda qoldi. 2014-yilda bu vazifani “Atletiko” uddalagandi. Hozirda “qirollik klubi” chempionlikka juda yaqin turibdi. Yaqin ta’qibchisi “Barselona”dan bir ochko oldinda borayotgan “Real” zaxirasida “Valensiya” va “Selta”ga qarshi ikki bahs bor. Kechagi yirik mag‘lubiyatdan keyin “Barselona” javob o‘yinida vaziyatni o‘nglay olmasa, bor kuchlarini La Ligaga qaratadi. La Ligada hal qiluvchi palla o‘ta qiziqarli kechishi aniq.

La Liga g‘olibligi – tanqidchilarning «og‘zini yopib qo‘yishi» mumkin

Zidan jamoasi bilan Chempionlar Ligasi va Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatini yutganiga qaramay ba’zi mutaxassislar tomonidan uning mahorati yetarlicha baholanmayapti. Zidan yuqori cho‘qqilarga erishib bo‘ldi, biroq bu barcha tomonidan o‘z tasdig‘ini topmayapti. Ba’zi mutaxassislar hali ham Zidan aynan futbolchi sifatidagi obro‘si evaziga ko‘pgina muammolarni hal etayotgani va bu uzoq davom etmasligini bot-bot takrorlamoqda. Uzoq muddatdan buyon qozonilmay kelinayotgan Ispaniya chempionatini yutib olish bilan fransiyalik murabbiy o‘z tanqidchilarini «og‘zini yopib qo‘ygan bo‘ladi».

Manba: muhokama.com
Kiritildi: 20:49, 16.02.2017.
O'qildi: 17686 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.