Fransiya chempionatining navbatdagi turida "Nissa" hujumchisi Mario Balotelli hakam bilan tortishgani uchun maydondan chetlatildi.
Shu tariqa, italiyalik futbolchi Yevropaning kuchli top-5 chempionatlari futbolchilari orasida ushbu mavsumda 3 marta qizil kartochka olgan dastlabki o‘yinchiga aylandi.
Bungacha Balotelli 19-tur doirasida «Bordo», 8-tur doirasida «Loryan»ga qarshi o‘yinda maydondan chetlatilgandi. Shu tariqa, u «Loryan» bilan bo‘lgan har ikkala bahsda qizil kartochka bilan "siylandi".
Eslatib o‘tamiz, «Nissa» kechagi o‘yinda bir kishi kam bo‘lib o‘ynaganiga qaramay, g‘alaba qozondi (1:0).