Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma 3-0 Piza
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor - Surxon
12/04 17:00 Dinamo - Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon - OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

Qishki olimpiadalardagi yagona chempionimiz - Lina Cheryazova

Qishki olimpiadalardagi yagona chempionimiz - Lina Cheryazova

Baho:
+ | -

Lina Cheryazova - 1968 yilning 1 noyabrida Toshkentda tug‘ilgan. Fristayl bo‘yicha jahon chempioni, ikki karra jahon kubogi g‘olibi, Lillexammer olimpiadasi chempioni. "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi", "O‘zbekiston iftixori" faxriy unvonlari bilan takdirlangan. Lina 7 yoshidan gimnastika, 12 yoshidan boshlab 18 yoshigacha akrobatika bilan shug‘ullangan. Akrobatika bo‘yicha O‘zbekiston chempioni. 

Lina o‘n sakkiz yoshga to‘lgach, sportning qishki turi - chang‘i uchish - fristaylda o‘z imkoniyatlarini yuzaga chikarishga bel bog‘ladi U qiya tramplindan chang‘ida katta tezlikda tushish, so‘ng qayrilmadan parvoz etib, 15-20 metr balandlikda aylanish, havoda har xil mashqlarni bajarish, qorga ohista qo‘nish bexatar emasligini tushungani holda shu mashaqqatli yo‘lni tanladi. 
Oradan sakkiz yil o‘tgach, quyoshli O‘zbekiston vakili bo‘lgan bu qiz 26 yoshida dunyoni lol qoldirib, qishki olimpiya o‘yinlari chempioni bo‘lishini hech kim xayoliga keltirmagan edi, albatta. 
1990 yili Yevropa chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritishi uning o‘ziga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamladi. 1993 yili u jahon chempioni hamda jahon kubogi sohibi bo‘ldi. 
Lina Cheryazova 1994 yili jarohatlangan bo‘lishiga qaramay Lillexammer Olimpiadasida qatnashdi va havoda uch marta aylanadigan murakkab dasturni bajarib, mislsiz g‘alabaga erishdi! Uning bu muvaffaqiyati mustaqil O‘zbekiston sportchilarining olimpiadada qo‘lga kiritgan birinchi oltin medali sifatida tariximizdan munosib o‘rin oldi. 

Lina Cheryazova 1996 yili Xarbindagi Osiyo o‘yinlarida, 1998 yili Nagano olimpiadasida ishtirok etdi. Quyoshli yurt qizining jumlai jahonda qor malikasi deb tan olinishi, og‘ir ruhiy va jismoniy jarohatlarni pisand etmay, shunday nufuzli musobaqalarda qatnashishi va g‘oliblikka da’vogarlik qilishining o‘zi tengsiz mo‘’jiza, inson matonati haqidagi dostondir.

Manba: telegraf.uz
Kiritildi: 11:09, 08.03.2017.
O'qildi: 7449 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик