Kirish Ro'yxatdan o'tish

Gamula: «Mourinyo maydon chimidan nolidi? «MYU» asfaltda ham o‘ynayverishi kerak»

Gamula: «Mourinyo maydon chimidan nolidi? «MYU» asfaltda ham o‘ynayverishi kerak»

Baho:
+ | -

«Rostov» klubi yoshlarining murabbiyi Igor Gamula «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourinyoning bayonotiga javob berdi.

«Mourinyo «Rostov» maydonining chimidan nolidi? Ha, bu maydonning chimi juda yaxshi emas, ammo qoniqarli. Albatta «MYU» kabi jamoalar bunga o‘rganmagan. Biroq mahoratli futbolchilarni tarkibga yig‘gan bunday klub asfalt maydonda ham o‘ynashi shart.

Bunday maydonda chiroyli o‘yin namoyish qilish qiyinligini tushunib turibmiz. Buning qo‘rqinchli joyi yo‘q. Biz qanotlar orqali to‘p oshirib o‘ynaymiz, bunday maydon esa bizga yordam berishi mumkin» - dedi Gamula.

Eslatib o‘tamiz, yevropa ligasidan o‘rin olgan "Rostov"-"MYU" o‘yini 9 mart kuni o‘tkaziladi.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 19:03, 08.03.2017.
O'qildi: 9282 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.