Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/04 00:00 Alaves 2-2 Osasuna
06/04 15:30 Udineze 0-0 Komo
06/04 18:00 Lechche 0-3 Atalanta
06/04 21:00 Yuventus 2-0 Jenoa
06/04 23:45 Napoli 1-0 Milan
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv - Xorazm
07/04 18:00 Mash’al - Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon - Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid - Bavariya
07/04 23:59 Sporting - Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul

Vladislav Kosminin: «Olmaliq»? Murabbiy, yashash, ovqatlanish va stadion menga yoqdi»

Vladislav Kosminin: «Olmaliq»? Murabbiy, yashash, ovqatlanish va stadion menga yoqdi»

Baho:
+ | -

Beloruslik himoyachi Vladislav Kosminin ushbu mavsumda "Olmaliq" sharafini himoya qilmoqda. U nima uchun faoliyatini O‘zbekistonda davom ettirishga qaror qilgani haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

– Mavsum yakunlanganidan keyin agentim menga qo‘ng‘iroq qildi va xorij chempionatlaridan bir nechta variantlarini taklif qildi. Uchta yaxshi variant bor edi: «Fakel» (Rossiya), «Arka» (Polsha), «Olmaliq» (O‘zbekiston). Dastlabki taklif O‘zbekiston klubi rahbariyatidan tushgandi, ammo men ularga javob berishga shoshilmadim. Boisi, menga ko‘proq Rossiya va Polsha variantlari qiziqroq tuyulgandi. Ammo ulardan aniq taklif tushmadi. Shu bois, ko‘rikdan o‘tish uchun O‘zbekistonga yo‘l oldim. "Olmaliq" safida bir hafta shug‘ullanib, nazorat o‘yinida ishtirok etdim. Murabbiy mening o‘yinimdan qoniqish hosil qildi va menga shartnoma taklif qildi. O‘ylab ko‘rish uchun vaqt oldim va keyinchalik shartnomaga imzo chekdim.

— Qaysi omillar sizni o‘ziga jalb qildi?
— Birinchi navbatda, albatta, bu murabbiy. Viktor Kumikov – tajribali mutaxassis. U Qozog‘istonning «Shaxtyor» klubi bilan Yevropa chempionlar ligasi musobaqasida yaxshi natijalarni qayd etdi. Shuningdek, yashash, ovqatlanish sharoitlari va stadion menga yoqdi. Yashirmayman, moliyaviy jihat ham ahamiyatga ega bo‘ldi. So‘nggi yillarda men o‘ynagan belorus klublarida moliyaviy muammolar bor edi. Shuning uchun men Belarus chempionatini tark etishga qaror qildim. Chempionatimiz yildan yilga o‘smasdan, bir joyda turibdi.

Manba: by.tribuna.com
Kiritildi: 12:17, 21.03.2017.
O'qildi: 10842 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик