Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/11 00:45 Lasio 2-1 Kalyari
05/11 01:00 Selta 1-0 Xetafe
05/11 01:00 Fulhem 2-1 Brentford
05/11 13:00 Sentrel Kost 2-2 Shanghai Shenhua
05/11 15:00 Kavasaki Frontale 3-1 Shangxay Port
05/11 15:00 Vissel Kobe 2-0 Kvangju
05/11 17:00 Johor Dorul Ta'zim 3-0 Ulsan Xyonde
05/11 19:00 Paxtakor 0-1 Ar-Rayyan
05/11 23:00 An-Nasr (SA) - Al-Ayn

"Miami Open - 2017"da Istominning birinchi bosqichdagi raqibi ma’lum bo‘ldi

"Miami Open - 2017"da Istominning birinchi bosqichdagi raqibi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin AQSHning Mayami shahrida boshlangan "Masters" turkumidagi yuqori nufuzli musobaqa - "Miami Open - 2017" turnirining asosiy to‘ridan joy oldi.

Mazkur musobaqaning bu yilgi mukofot jamg‘armasi 6 993 450 AQSH dollarini tashkil etmoqda.

Dunyoning eng kuchli raketka ustalari ishtirok etayotgan ushbu turnir qur’a natijalariga ko‘ra, hamyurtimiz birinchi davrada rossiyalik Aleksandr Kuznesovga qarshi kortga tushadigan bo‘ldi.

Denis Istomin va Aleksandr Kuznesov shu paytga qadar ikki marotaba o‘zaro to‘qnash kelishgan va unda tennischimizning qo‘li baland kelgan. ""Kremlin Cup - Moscow" va "AEGON Championships - London" musobaqalarida Denis raqibini mag‘lub etishga muvaffaq bo‘lgan.

Ayni damda rossiyalik tennischi ATP reyting jadvalida 68 pog‘onani egallab turibdi. Istomin esa hozirda 755 reyting ochkosi bilan 70-o‘rinda.

Ma’lumot o‘rnida aytish kerak, “Miami Open - 2017” turnirini reyting jadvalida peshqadamlik qilayotgan Endi Marrey va Novak Jokovich jarohat sabab o‘tkazib yuborishmoqda.

Manba: uzreport.uz
Kiritildi: 14:28, 21.03.2017.
O'qildi: 7549 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.