Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Fabio Kannavaro: «Xitoy futboli imkoniyatlari katta»

Fabio Kannavaro: «Xitoy futboli imkoniyatlari katta»

Baho:
+ | -

Italiyalik sobiq himoyachi Fabio Kannavaro ayni payt Xitoyda «Tyanjin Kuanjin» («Tyanszin Syuanszyan») klubini boshqarmoqda. AS (Ispaniya) gazetasi muxbirlari CHL 1|8 finalidan o‘rin olgan «Napoli» - «Real» (javob uchrashuvi) arafasida aynan uni bezovta qilib, maxsus intervyu olishdi. Chunonchi, Fabio futbolchilik faoliyati davomida har ikki klub safida samarali to‘p surgandi. Vaqtida «Oltin to‘p» sohibiga aylangan sobiq futbolchi o‘z navbatida, Xitoydagi ishi xususida gapirib berish barobarida «Madrid» haqidagi xotiralari bilan o‘rtoqlashdi.

- Fabio, avvalo, Xitoydagi faoliyatingizga kengroq to‘xtalsangiz...

- Bu mamlakatda zavq bilan ishlayapman, odamlar futbolni chinakamiga yoqtirishadi va ularda o‘rganish xohishi katta. «Tyanjin Kuanjin» xo‘jayini ilk marta qo‘ng‘iroq qilganidayoq menga uning dalilligi ma’qul kelgandi. Klub sohibi yosh va o‘z oldiga ulkan maqsadlarni qo‘ygan. U o‘zaro suhbatimizda o‘yin sxemasi yoxud muayyan taktika bobida og‘iz ochgani yo‘q, faqat kelajak loyihasi, yangi stadion va futbol akademiyasi kabi masalalar xususida fikr almashdi. U o‘sha payt birinchi ligada peshqadamdan 11 ochko ortda borayotgan jamoaga katta pul tikkandi. 2-3 yilda klubni yangi darajaga olib chiqishni xohlashini aytganida, ochiqchasiga so‘radim: «Nega shuncha kutish kerak? Bu vazifani shu yiliyoq bajarsa bo‘lmaydimi?» Shunda avvaliga meni aqldan ozgan kishidek qabul qildi, shekilli. Lekin bor imkoniyatlarni ishga solishimizni aytib, uni ishontirdim. O‘sha vaqt chempionat tugashiga 18 tur qolgandi. Yakunda biz birinchi divizion g‘olibi sifatida super-liga yo‘llanmasini qo‘lga kiritdik. Joriy yilga kelib, to‘laqonli ishonchga kirdim. Deylik, hozir erkin ishlayapman, transferlar bilan mustaqil shug‘ullandim va tarkibni ham o‘z xohishimga asosan shakllantirdim. Xullas, ham murabbiy, ham menejer sifatida ajoyib tajriba to‘playapman.

- Umuman, sizningcha, Xitoy futboli yaqin orada yuqori saviyaga ko‘tariladimi?

- Mana, xitoyliklar Yevropa klublarini sotib olishyapti, ajoyib futbolchilarni mahalliy chempionatga olib kelishyapti. Shunga qaramay, Xitoy futbolining jahon darajasiga chiqishi uchun ma’lum vaqt zarur. Ayni payt bu mamlakatdagi futbol akademiyalarida yetuk murabbiylar ish olib bormoqdalar. Boshqacha aytganda, futbol taraqqiyot yo‘lida. Bir narsa aniq, xitoyliklar bu borada katta rejalar tuzishgan va ularni amalga oshirish uchun yetarli mablag‘ga egalar. Mashhur futbolchilar ham Xitoyda o‘ynash imkoniyatiga  tobora kuchliroq qiziqmoqdalar. Misol uchun, oxirgi 3 oy davomida ko‘plab yigitlar menga qo‘ng‘iroq qilib, bu yerda o‘ynashga tayyor ekanliklarini bildirishdi.

- Siz Xitoy futboliga yuzlangan ilk murabbiylardan birisiz, baribir...

- Ha va bundan xursandman. Qaytaraman, xitoyliklar nimanidir o‘rganishdan or qilmaydilar. Balki ko‘plab futbolchilar bu yerga pul ortidan va shunchaki, hayot lazzatini totish uchun kelishayotgandir, ammo shogirdlarim xususida bunday deyishga asosim yo‘q. «Kuanjin» a’zolari 35 yoshda emas, asosan 27 yoshda. Klub prezidenti yaqin yillar ichida Osiyo chempioni bo‘lishimizni istaydi. Shunga muvofiq, yaqin kelajakda katta g‘alabalarni tantana qilishda yordam bera oladigan yosh iqtidorlarga alohida e’tibor qaratishim joiz.

- Aytingchi, braziliyalik Patoni «Tyanjin Kuanjin» bilan shartnoma tuzishga qanday ko‘ndirdingiz?

-  Pato - bu «Ferrari». Biroq unga nisbatan oddiy mashinadek qarashdi, shunday munosabatda bo‘lishdi. Men esa Patoning nimalarga qodirligini yaxshi bilaman. U jamoamizning eng yaxshi futbolchisi. Endi 27 yoshga to‘lganini e’tiborga olsak, futbolda aytadigan so‘zlari hali ko‘p. Xullas, chinakam mashina!

- Endi Yevropa CHL haqida gaplashsak. Aniqrog‘i, «Napoli» - «Real» qarama-qarshiligi xususida...

- Ha, bu men uchun alohida ahamiyatga ega duel. 1987 yilgi o‘yinda maydon chetida  futbolchilarga to‘p tashlab turganim esimda. O‘sha vaqt Neapoldagi akademiyada tahsil olardim va bu yumush jonu-dilim edi. Sizga aytsam, Emilio Butragenyo meni ko‘z yoshi to‘kishga majbur etgan yagona futbolchidir. Uning Neapoldagi uchrashuvda «Madrid» uchun qanday gol urgani va hisobni tenglashtirgani hech xayolimdan ketmaydi. Eh, qanday ehtiroslar...

- Shu joyda bitta noqulay savol: mashg‘ulotda qanaqasiga Diyego Maradonaning jarohatlanishiga sababchi bo‘lib qolgansiz?

- Ancha yosh edim. Murabbiyimiz ortiqcha tezlik olmay, xotirjam harakatlanishimni tayinlagandi. Maradonaning o‘zi esa aksini gapirgan: «Yigitcha, qo‘rqma va bor kuching bilan o‘yna. Bu futbol, axir o‘yin payti kimdir meni tepishi hech gap emas-ku».

- Diyego bilan hozir ham gaplashib turasizmi?

- Albatta. Axir ikkimiz ham Dubayda yashadik. Ochig‘i, Maradona bilan muloqot - rohatning o‘zginasi. U men uchun hozir ham o‘zga sayyoralik. Diyego o‘z zamonasining eng kuchli futbolchisi sifatida jahon chempioni bo‘ldi, UYEFA kubogini yutdi. Taqdir menga ham xuddi Maradona kabi sardor bo‘lish imkoniyatini berdi va mundialda jahon kubogini boshim uzra baland ko‘tardim. Bu sovrin - futbolning haqiqiy sehri.

- Zayniddin Zidan - «Madrid» bosh murabbiyi. Uning ishiga qanday baho berasiz?

- Zidan ixtiyorida ajoyib jamoa bor. Muhimi, u benazir yulduzlarni talab darajasida boshqaryapti. E’tibor bering, «Madrid» oxirgi vaqtlarda chiroyli o‘ynamagan taqdirda ham, g‘alaba qozonishni uddasidan chiqyapti, baribir. Albatta, muxlislar Zidandan yirik zafarlarni kutishyapti, ammo «Barselona» ham chakki emasligini unutmaslik kerak.

- E’tiborlisi, «Madrid» safiga qo‘shilgach, aynan Zidanga tegishli 5-raqamli futbolkani olgan edingiz...

- Yuqorida «Napoli» - «Real» o‘yinida neapolliklar omadsizligidan qattiq ranjiganimni xotirladim. Qarangki, hayotning o‘zi keyinchalik meni «Madrid»ga boshladi va Zidanga tegishli raqam bilan siyladi. Ha, hayotimiz shunday «syurpriz»lar bilan go‘zal.

- Siz bilan birga o‘ynagan Ramos, Marselo va Pepe hamon «Real» sharafini himoya qilishyapti.

- Ma’lum vaqt yosh yigitlar orasida yagona faxriy sifatida to‘p surgandim. Ularga nafaqat futbol, balki butun hayot  masalasida ham nimalarnidir o‘rgatgandirman. Mana, hozir Ramosning o‘yinlariga qarasam, beixtiyor quvonch hissini tuyaman. Ularning mening davrimda o‘ynay boshlashganiyu, keyinchalik yuksak cho‘qqilarga ko‘tarilishgani g‘urur bag‘ishlaydi.

- Kelajakda Yevropaga qaytish haqida ham o‘ylayapsizmi?

- Hozir tajriba to‘plash asnosida o‘z tizimimni mukammallashtirishga urinyapman. Xitoyda birinchi liga g‘olibi bo‘ldim: bu yutuq murabbiy sifatida o‘sishimga yordam berdi. Yashirmayman, o‘z kelajagimni Yevropada tasavvur qilaman, biroq hozircha hali o‘rganishim kerak.

Fabio Kannavaro suhbat oxirida «Real» yoki «Napoli»? qabilida berilgan savolga javob berishni istamadi va umumiy gaplar bilan cheklandi: «Napoli» bag‘rida ulg‘aydim, biroq «Madrid» - yer yuzidagi eng buyuk klub. Shunday ekan, ushbu juftlik favoritini aytishga ham, qaysi tomonga yon bosishga ham qiynalaman. Yaxshisi, ushbu qarama-qarshilikda futbol g‘alaba qozonsin». Eslatma, javob bahsida ham 3:1 hisobida ustun kelgan «Real» CHL chorak finaliga chiqdi, «Napoli» esa yevrokuboklar bilan xayrlashdi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:42, 24.03.2017.
O'qildi: 6659 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.