"Real" himoyachisi Rafael Varan jamoaning sobiq ustozi Karlo Anchelotti davrida o‘z salohiyatini ishga sola olmaganini ma’lum qildi.
"Anchelotti "Real"dan ketgach, men o‘sdim. Agar uni ishontira olganimda, unga foydam tegishini isbotlay olardim.
Bir kuni undan ko‘proq maydonga tushishim uchun nima qilishim kerakligini so‘radim. U mendan nima kutayotganini va jamoa uchun qanchalik muhimligini aytgan edi", - deydi Varan.