Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

La liga. «Real» 3 ochkoni qo‘lga kiritdi

La liga. «Real» 3 ochkoni qo‘lga kiritdi

Baho:
+ | -

Ispaniya chvempionatining 29-turi doirasida "Real" o‘z maydonida "Alaves"ni qabul qildi.

FIFA kunlari tufayli yuzaga kelgan tanaffus tufayli bo‘lsa kerak, Zidan shogirdlari bu bahsda ideal o‘yin namoyish qila olishmadi. Shunga qaramay, mahorat bobida raqibidan ustun bo‘lgan madridliklar o‘z hisoblarini 3 ochko bilan to‘ldirib qo‘yishdi.

Fransiya terma jamoasiga chaqirilmay qo‘yganiga ancha bo‘lgan Karim Benzema o‘yinning 31-daqiqasida hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Fransiyalik futbolchi jarima maydonchasiga kirayotgan Karvaxalga uzatma berdi va Daniel to‘pni orqaroqqa qaytardi. Benzema 8-9 metrdan darvozani osonlik bilan ishg‘ol qildi.

Ikkinchi bo‘lim boshida "Alaves" bir emas, ikki emas, naq 3ta yaqqol imkoniyatlardan foydalana olmadi. Har uchala vaziyatda Deyversonga biroz aniqlik, biroz tezlik va biroz chaqqonlik yetishmadi. Aks holda, mehmonlar "Santyago Bernabeu"dan ochko olib ketishlari mumkin edi.

O‘yin tugashiga bir necha daqiqa qolganida "Real" qaltis hisobni ishonchli g‘alabaga aylantirishdi. Dastlab Ronalduning uzatmasidan keyin Isko jarima maydonchasi yorib kirdi va o‘tkir burchakdan zarba berib, darvozani ishg‘ol qildi.

Oradan 3 daqiqa o‘tib Beyl jarima zarbasidan ajoyib zarba berdi. To‘p to‘singa tegib qaytdi va Nacho bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi, 3:0.

Ushbu g‘alabadan keyin "Real" o‘z ochkolarini 68taga yetkazdi va La ligada peshqadamlik qilishda davom etadigan bo‘ldi.

Ispaniya La ligasi, 29-tur
REAL MADRID – ALAVES 3:0 (1:0, 2:0)
2 aprel, 19.15, «Santyago Bernabeu»
Gollar: 1:0 – 31 Benzema, 2:0 – 85 Isko, 3:0 – 88 Nacho.
Real Madrid – Kasilya, Varan (Karvaxal, 11), Nacho, Danilo, Pepe, Modrich (Kovachich, 68), Kroos, Isko, Beyl, Ronaldu, Benzema (Vaskes, 81).
Alaves – Pacheko, Laguardia, Teo, Eli, Feddal, Mendes (Katai, 75), Kamarasa (Santos, 84), Manu Garsiya, Ibai Gomes (Romero, 69), Tokero, Deyverson.
Ogohlantirishlar: Eli (17), Manu Garsiya (87).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 21:05, 02.04.2017.
O'qildi: 10447 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик