«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan himoyachi Fabiu Koentrau haqida gapirdi.
«Koentrauga ishonaman. So‘nggi paytlarda jarohatlar uni qiynab qo‘ydi. Fabiuning «Real»ga ko‘p foydasi tekkan, u Chempionlar ligasida ham g‘olib chiqqan. Ammo jarohatlar unga juda ko‘p pand berdi. U qolishi kerak. Umid qilamanki, yangi mavsumda u biz bilan birga bo‘ladi» - dedi Zidan Marca xabarida.
Joriy mavsumda Koentrau Ispaniya chempionatining 1 o‘yinida maydonga tushgan xolos.